O'zbekiston milliy terma jamoasida koronavirus bilan bog'liq vaziyat bo'yicha ma'lumot

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2022, 21:22
Avvalroq terma jamoamiz a'zosi Hojimat Erkinovda COVID-19 infekciyasi aniqlangani haqida xabar bergan edik.

"Kuni kecha futbolchimiz qayta test topshirdi. Quvonarlisi, Erkinovning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi va uning karantindan chiqishiga ruhsat berildi. 

Erkinov shifokorlar ko'rigidan so'ng bugundan boshlab yakka tartibda engil mashg'ulotlarga kirishdi. 

Shuningdek, delegaciyamizning qolgan a'zolari ham navbatdagi PCR testlarini topshirishdi. Unga ko'ra, darvozabonimiz Umidjon Ergashevda test natijasi musbat natijani ko'rsatdi. Shuni takidlash kerakki, ayni paytda futbolchimiz o'zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari ko'zga tashlanmayapti. Shu sababli, uning bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin o'tamoqda", – deyiladi O'FA matbuot xizmati bergan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати