O'zbekistonda o'tadigan U-20 Osiyo chempionatining saralash o'yinlariga qur'a tashlandi. Vakillarimiz guruhda Saudiya Arabistoni va Xitoy bilan to'qnash kelishadi

Sherzod Nurmatov
24 may 2022, 13:35
2023 yil 1-18 mart kunlari O'zbekistonda o'tkazilishi rejalashtirilgan U-20 Osiyo chempionatining saralash uchrashuvlariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur o'yinlarni konkursdan tashqari safarda o'tkazadi. JCHga yo'llanma beradigan qita birinchiligi yurtimizda bo'lib o'tishi sababli vakillarimiz "A-1" guruhidan o'rin egallashgan.

Ravshan Haydarov shogirdlari qur'ada Osiyo chempionatining mezboni sifatida 5-savatchadan joy oldilar. 

Ma'lumot o'rnida, dastlabki 4 ta guruhda 5 ta, keyingi 6 tasida 4 ta, jami 42 ta terma jamoa chempionat yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Guruh g'oliblari, shuningdek, ikkinchi o'rinni band etgan eng yaxshi 5 ta jamoa musobaqa final qismiga yo'l oladi.

"A" guruhi

1. Saudiya Arabistoni 

2. Xitoy   

3. Myanma

4. Maldiv orollari

5. O'zbekiston


Termamiz joy olgan guruh bahslariga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Taqvim bilan tanishing:

10 sentyabr

Maldiv orollari – Xitoy 

O'zbekiston – Maldiv orollari


12 sentyabr

Maldiv orollari – Saudiya Arabistoni

O'zbekiston – Myanma


14 sentyabr

Saudiya Arabistoni – O'zbekiston

Xitoy – Maldiv orollari


16 sentyabr

Xitoy – O'zbekiston 

Myanma – Saudiya Arabistoni 


18 sentyabr

Maldiv orollari – Myanma

Saudiya Arabistoni – Xitoy


"B" guruhi

1. Qatar

2. Bahrayn

3. Bangladesh

4. Nepal

5. Butan


"C" guruhi

1. Yaponiya

2. Yaman 

3. Falastin

4. Laos

5. Guam


"D" guruhi

1. Iordaniya

2. Xitoy Taypey

3. Suriya

4. Turkmaniston

5. Shimoliy Mariana orollari

"E" guruhi

1. Janubiy Koreya

2. Malayziya

3. Mo'g'uliston

4. Shri-Lanka 


"F" guruhi

1. Indoneziya

2. Vetnam

3. Gonkong

4. Sharqiy Timor


"G" guruhi

1. Tailand

2. Ummon 

3. Filippin

4. Afg'oniston


"H" guruhi

1. Avstraliya

2. Iroq

3. Hindiston

4. Kuvayt


"I" guruhi

1. Tojikiston

2. Kamboja

3. Livan

4. Singapur


"J" guruhi

1. BAA

2. Eron

3. Qirg'iz Respublikasi

4. Bruney

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia