O'zbekiston Liga Kubogi. Bugun finalchilar ma'lum bo'ladi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2019
Tarixda ilk bor o'tkazilayotgan O'zbekiston Liga Kubogida bugun yarim final bahslari o'tkaziladi.

Qo'qondagi "Markaziy" stadionda mamlakat chempioni "Paxtakor" klubi "Qo'qon-1912" bilan kuch sinashadi. Olmaliqda esa Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Tachmurad Agamurodov boshchilik qilayotgan Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi.


Liga Kubogi, yarim final
"Qo'qon-1912" – "Paxtakor"
22 oktyabr 2019 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 15:00
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Abbos Ahrorov

AGMK – "Dinamo"
22 oktyabr 2019 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:00
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, Shohruh A'zamov, Maksim Nexochin, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Diyor Imomxo'jaev



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia