O'zbekiston Kubogi. "Xorazm FA" ishonchli g'alabaga erishdi, "Lochin" "Do'stlik" bilan o'yinda kambek qayd etib, Superliga jamoalari bilan to'qnash keladigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025, 18:54
O'zbekiston Kubogida "A" va "B" guruhlarining oxirgi ishtirokchilari aniq bo'ldi.

Xususan, "Xorazm FA" "Toshkent VFA"ga qarshi bahs yuritib, 3:1 hisobida g'alabaga erishgan bo'lsa, "Lochin" 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdi va penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozondi.

O'zbekiston Kubogi. Saralash bosqichi

TOSHKENT VFA – XORAZM FA 1:3

Gollar: O'tkirbek Komilov, 50  (0-1), Akobir Abdullajonov, 61 (1-1), Asadbek Ko'klamov, 75 (1-2), Asadbek Ko'klamov, 81 (1-3)


DO'STLIK – LOCHIN 2:2 (penaltilar seriyasi – 0:3)

Gollar: Saidmurod Karimov, 10 (1:0), Davronbek Sulaymonov, 40 (2:0), Asliddin Tursunpo'latov, 59 (2:1), Shaxzod Abduvaitov, 90+4 (2:2)


Shunday qilib, "Xorazm FA" "A" guruhida "Aral", "So'g'diyona" va "Sementchi" jamoalariga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Qarshi davlat universitetining "Lochin" jamoasi esa Superliga vakillari "Andijon", "Surxon" va "Dinamo" klublari bilan bellashadi. 


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia