O'zbekiston kubogi. Nimchorak finalda o'ynaydigan barcha klublar nomi ma'lum

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2019, 20:05
Bugun O'zbekiston kubogida uchinchi bosqichning oxirgi o'yinlari bo'lib o'tdi.

Bu bosqich o'yinlarida g'alaba qozongan 11ta klub nimchorak finalga chiqdi.

Jizzaxning "So'g'diyona" klubining raqibi "Zarangari" esa PFL tomonidan musobaqalardan chetlatilgani bois texnik g'alaba bilan keyingi bosqichga chiqdi.

O'tgan yilgi kubok sohibi AGMK va o'tgan yilgi Superliganing uchta sovrindor klubi bu yilgi O'zbekiston Kubogi bahslarini aynan nimchorak finaldan boshlaydi.

O'zbekiston Kubogi-2019. Nimchorak finalda o'ynaydigan klublar: 
1."Zomin"
2."Neftchi"
3."Surxon"
4."Andijon"
5."Bunyodkor"
6."Yashnobod"
7."Qizilqum"
8."Mashal"
9."Oq-tepa"
10."Ittifoq-N"
11."Nasaf"
12."So'g'diyona"
13.AGMK
14."Lokomotiv"
15."Paxtakor"
16."Navbahor"



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia