O'zbekiston Kubogi. Neftchiga qarshi o'yinning boshlanish vaqti ma'lum

16 mar 2017, 17:35
Nihoyat andijonlik ishqibozlar intizorlik bilan kutayotgan damlar yaqinlashmoqda.

"Andijon"ning mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvi Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. O'zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichidan o'rin olgan mazkur uchrashuv 25 mart kuni Andijon shahridagi "Sog'lom avlod" stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin soat 15:00da boshlanadi. Demak kelasi haftaning shanba kunida barcha ishqibozlarimizni qiziqarli va murosasiz kechishi kutilayotgan vodiy derbisiga taklif etib qolamiz.


"Andijon" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia