O'zbekiston kubogi. "Nasaf" "Neftchi"ga yetib oldi

4 dek 2021, 18:07
Futbol bo'yicha mamlakat kubogining final uchrashuvi nihoyasiga etdi.

1 soatdan ko'proq vaqt mobaynida bir kishi kam bo'lib qolgan "Nasaf" poytaxtning "Paxtakor" klubi ustidan zafar quchdi (2:1). 

Shu tariqa "ajdarlar" o'z tarixida 2-bor mamlakat kubogini qo'lga kiritdi va musobaqadagi g'alabalar soni bo'yicha Farg'onaning "Neftchi" klubiga yetib oldi:

1. "Paxtakor" - 13 karra (1993, 1997, 2001-2007, 2009, 2011, 2019, 2020)

2. "Bunyodkor" - 4 karra (2008, 2010, 2012, 2013)

3. "Navbahor" - 3 karra (1992, 1995, 1998)

4. "Neftchi" - (1994, 1996)

5. "Nasaf" (2015, 2021)

6. "Do'stlik" (2000)

7. AGMK (2018)

Mag'dub bo'lgan "sherlar" O'zbekiston kubogi finallarida o'ynash bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi. Hal qiluvchi bahsda 17-bor ishtirok etgan "Paxtakor" 4-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Bugun 7-marta finalda o'ynagan "Nasaf" esa 2-bor musobaqa g'olibligini qo'lga kiritadi. Eslatib o'tamiz, "ajdarlar"ning 1-kubogi 2015 yilda Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadionida qo'lga kiritilgan edi. O'shanda Berdiev shogirdlari poytaxtning boshqa bir jamoasi "Bunyodkor" ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan edi.

Bozorov finaldan chetlatildi. Qizil kartochkalarni eslaymiz

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia