

Jamoamiz Toshkentda O'zbekiston Kubogi ¼ final bosqichidan o'rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi javob bahsini o'tkazadi. “Buxoro” a'zolari bir kunlik dam olishdan so'ng bugundan bo'lajak muhim uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi. “Temiryo'lchilar”ga qarshi bahsni navoiylik Zokirjon Qodirov boshqarib boradi. Unga toshkentlik laynsmenlar assisentlik qiladi.
Aytish lozimki, ushbu jamoalarning Buxoroda kechgan dastlabki uchrashuvida hisob ochilmagandi. Shunday ekan “Buxoro”ning yarim finalga chiqish imkoniyati yo'q emas. Yigitlarning kayfiyati yuqori darajada va ular muxlislarni quvontirishni maqsad qilgan.
28 iyul (juma)
Lokomotiv (Toshkent) – Buxoro (Buxoro)
Boshlanish vaqti: 19:30
Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy).
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko (Toshkent viloyati), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent).
Zaxira hakami: Ahmadjon Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).
“Buxoro” matbuot xizmati.



