O'zbekiston kubogi finalini boshqaradigan hakam ma'lum, bu Ermatov emas

Narzulla Saydullayev
26 okt 2018, 12:33
28 oktyabr kuni O'zbekiston kubogi finali bo'lib o'tadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, AGMK va "Paxtakor" o'rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvni andijonlik Temur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Ushbu hakam bu mavsum "Paxtakor"ning ikkita o'yinida ishlagan. Toshkentda "So'g'diyona" 2:0 hisobida mag'lub etilgan, Buxoroda 0:1 hisobida imkoniyat boy berilgan.

To'xtasinov 2018 yil AGMKning uchta uchrashuvida hakamlik qildi. "Nasaf" (0:0) va "Neftchi" (2:2) bilan bahslarda durang qayd etildi, "Metallurg"ga imkoniyat boy berildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia