To'xtasinov katta maydonga qaytdi

3 mar 2022, 18:30
O'FA Etika qo'mitasi qarori bilan futboldan bir yil muddatga chetlashtirilgan Temur To'xtasinov Pro liganing 1-turida ishlaydigan bo'ldi.

U "Yangier" va "G'ijduvon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi. Ma'lumot uchun, andijonlik referi rasmiy o'yinda so'nggi bor 2020 yilning 24 oktyabrida ishlagan edi ("Surxon" 0:6 "Paxtakor").

YANGIER – G'IJDUVON

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Husniddin O'rolov, Husan Xudoyberdiyev

Nazoratchi: Temur Galeev

Komissar: Alisher Fayziev

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia