

Aniqroq aytilsa, O'FA Bosh hakami T.N.To'xtasinov O'FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol o'yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o'tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 2021 yilgi futbol mavsumida hakamlik qilishdan chetlatilgan va 10 000 000 (o'n million) so'm jarimaga tortilgan edi. Demak, uning diskvalifikaciya muddati nihoyasiga yetib ulgurgan.
Ma'lumot uchun, Temur To'xtasinov 26 yanvar kuni o'tkazilgan "Paxtakor" va "Yangier" jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvini boshqarib bordi. Ammo har ikki klub matbuot xizmati bu haqda ma'lumot bermagan.



