

Mazkur bahs Sog'lom avlod stadionida bo'lib o'tadi. Bo'lajak o'yinga chiptalar qachon va qanday narhda chiqishi muxlislarning diqqat markazida turgandi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Navro'z bayrami munosabati bilan xalqimizga bayram sovg'asi sifatida bo'lajak o'rtoqlik o'yiniga kirish bepul qilib belgilangan.
Shunday ekan, ishqibozlar 23 mart kuni soat 20:00da boshlanadigan O'zbekiston - Keniya xalqaro o'rtoqlik o'yiniga bepul kirishlari mumkin bo'ladi.



