O'zbekiston - Iordaniya. O'yinoldi mashg'ulotlar jarayonidan fotosuratlar

Narzulla Saydullayev
4 sen 2014, 15:43
3 sentyabr kuni O'zbekiston va Iordaniya milliy terma jamoalari Paxtakor stadionida o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazishdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur terma jamoalar o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 4 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Kecha shuningdek har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda jurnalistlarning savollariga dastlab Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmad Ismoil javob bergan bo'lsa, matbuot anjumanining ikkinchi qismida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

Quyida kecha ikkala terma jamoa ishtirokidagi mashg'ulotlar jarayonidan fotogsuratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi O'FF matbuot xizmati xodimi Hasan Pirmuhamedov


 

 

 

 

 

 

 

 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com