O'zbekiston Gvatemalaga qarshi oq libosda harakatlanadi

Sherzod Nurmatov
25 may 2023
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi turida Gvatemalaga qarshi o'yin o'tkazadi.

Uchrashuvda o'zbekistonlik futbolchilar to'liq oq libosda, darvozabon esa to'q sariq libosda harakatlanadi.

Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Muhammad Maruf (Misr) ishlaydi. Unga qanotlarda Zakariyo Brinsi (Marokash) va Abbos Akram (Jazoir) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Mavritaniya) topshirilgan. 

Shuningdek, VAR'da Amr El Shinavi (Misr) va Hamza El Fariq (Marokash) faoliyat yuritadi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Gvatemala uchrashuvi 27 mayga o'tar kechasi soat 02:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати