O'zbekiston futzal terma jamoasiga yana bir xorijiy murabbiy keldi GALEREYA

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2021, 13:17
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 3 iyul sanasida Toshkentda navbatdagi yig'inni boshlagan edi.

Bugungi mashg'ulotlarda Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Arkaitz Sisniega Gomes (Ispaniya) ilk bor futzalchilarimiz bilan ishladi. U Xose Mariya Mendez bosh murabbiy bo'lganida ham terma jamoamizda faoliyat olib borgan edi. Ispaniyalik darvozabonlar murabbiyi Karlos Korona Suares bir necha kundan buyon mashg'ulotlarda ishlamoqda.

Ushbu yig'in 18 iyulga qadar davom etadi. Shundan so'ng terma jamoa 19 iyul kuni Turkiya orqali Tailand poytaxti Bangkok shahriga yo'l oladi. 


Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Tailanddagi xalqaro turnirda qatnashadi



To'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia