O'zbekiston futzal federatsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2025, 22:39
Xabaringiz bor, mamlakatimizda sportning futzal turini yanada rivojlantirish, Osiyo va Jahon miqyosidagi muvaffaqiyatlari salmog'ini oshirish, futzalning ommaviyligini keng targ'ib qilish maqsadida O'zbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi.

Yangi tashkil topgan federatsiyada qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan:

Rahmatullaev Jahongir Zabixullaevich – Musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish bo'limi boshlig'i;

Zuparov Rustam Oqiljonovich – Terma jamoalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i;

Azizxo'jaev G'ayrat Maratovich – Xalqaro aloqalar va marketing bo'limi Xalqaro aloqalar bo'yicha bosh menedjer

To'xtamirzaev Omonboy Mirzahakim o'g'li – Media va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i – matbuot kotibi;

Yunusov Oybek Nematjonovich – Media va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi Bosh muharriri.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Futsal Uzbekistan