O'zbekiston chempionatida oxirgi 12 yildagi eng yirik natija qayd etildi

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2019, 11:33
Kecha Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda maydon egalari yirik 8:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'zbekiston chempionatida 2007 yildan buyon hech bir jamoa bu qadar yirik hisobda g'alaba qozona olmayotgan edi. Qizig'i bundan oldingi eng yirik natija ham shu ikki klub o'rtasidagi bahsda kuzatilgan. 2007 yil 25 noyabr kuni "Qizilqum" o'z uyida "Paxtakor"ni qabul qilgan va 0:11 hisobida mag'lub bo'lgan edi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia