O'zbekiston Birinchiligi-2014da 9-12-o'rinni egallagan jamoalar o'rtasidagi 2-bosqich o'yinlari yakunlandi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2014, 11:17
Buxoroda 2014 yilgi O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqichida 9-12-o'rinlarni egallagan jamoalar o'rtasidagi ikkinchi bosqich musobaqalarining 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra Chust-Paxtakor va Kosonsoy klublari bir va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
 
5-tur. 26 oktyabr
G'ijduvon (G'ijduvon) - Chust-Paxtakor (Chust) – 1:2. 37 tomoshabin.
Gollar:
  S. Sulaymonov (23) – E. Normatov (74), I. Ismoilov (82
 
Kosonsoy (Kosonsoy) - Bunyodkor-2 (Toshkent) – 2:2. 57 tomoshabin.
Gol:
M Jamolov (55), S. Sotivoldiev (70, penalti) – G. Pogosov (30), V. Nuriev (90).
Chetlatish: B. Mamajonov (Kosonsoy, ikkinchi ogohlantirish,90+1).

Yakuniy jadval

1

CHUST-PAXTAKOR (Chust)

4

3

1

0

6-3

10

2

KOSONSOY (Kosonsoy)

4

1

3

0

7-4

6

3

BUNYODKOR-2 (Toshkent)

4

1

2

1

7-7

5

4

LOKOMOTIV-BFK (Toshkent)

4

1

1

2

6-9

4

5

G'IJDUVON (G'ijduvon)

4

0

1

3

3-6

1

Yakuniy jadval bo'yicha birinchi va ikkinchi pog'onani band etgan “Chust-Paxtakor” va “Kosonsoy” jamoalari Birinchi ligadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallagan “Bunyodkor-2” va “Lokomotiv-BFK” jamoalari esa Birinchi liga 2-bosqich yakuniy jadvalida 15 va 16-o'rinlarni egallagan klublar bilan bellashishadi. Bu borada “Bunyodkor-2”ning raqibi hozirdanoq ma'lum. O'zbekiston Birinchiligi 2-bosqich musobaqasi yakunlanmasidanoq 16-o'rinni egallab ulgurgan “G'allakor-Avtomobilchi” bilan uy-safar uchrashuvlarida kuch sinashamiz. Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra yaxshiroq ko'rsatkich qayd etgan klub Birinchi ligada o'z o'rnini saqlab qoladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz