O'zbekiston bilan o'yinda dubl qayd etgan turkiyalik futbolchi mavsum davomida nechta gol urgandi?

Eldor Akmurzayev
3 iyun 2019, 01:55
Biroz oldin, Turkiya hamda O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

Mazkur bahsda mezbonlarning qanot himoyachisi Zeki Chelik o'z hisobiga dubl yozib qo'yib, Turkiya g'alaba (2:0) taqdim etdi.  

Chelik Fransiyaning Lill klubi a'zosi bo'lib, u mavsum davomida jamoa libosida 36ta o'yin o'tkazgan holda bir marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgandi. Shuniningdek, 5ta samarali uzutma ham uning hisobida mavjud. 

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi 2018 yilning yozida Istanbulspor klubidan 1 mln. evro evaziga Fransiyaga ko'chib o'tgan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia