

Barcha o'yinlarda g'alaba qozongan O'zbekiston ayollar termasi musobaqa g'olibiga aylandi.
Kecha, 20 avgust kuni so'nggi tur o'yini bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston ayollar termasi Qirg'izistonni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Terma jamoalar turnir davomida ikki martadan o'zaro kuch sinashdi. O'zbekiston ayollar termasi Qozog'istonga qarshi o'yinlarda 7:0 va 6:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, Qirg'iziston 3:1 va 1:0 hisobida taslim etildi.
“Uch millat kubogi”
Bishkek, Qirg'iziston
20 avgust, yakshanba
O'zbekiston – Qirg'iziston 1:0
Gol: Shahnoza Qurbonova (76)
Ogohlantirishlar: Yulduz Nabieva (80) – Ayjan Boronbekova (59), Kenje Irisbek qizi (62)
# | Jamoa | O' | G' | D | M | O | TN |
1 | O'zbekiston | 4 | 4 | 0 | 0 | 12 | +16 |
2 | Qirg'iziston | 4 | 1 | 1 | 2 | 4 | +1 |
3 | Qozog'iston | 4 | 0 | 1 | 3 | 1 | -16 |



