

OFKga a'zo terma jamoalari orasida Avstraliya ayollar terma jamoasi 2012 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jahon reytingida bu jamoa hamon 6-pog'onada bormoqda.
Yaponiya ayollar terma jamoasi 1981 ochko bilan Osiyoda ikkinchi (dunyoda ettinchi) bo'lsa, KXDR ayollar termasi 1938 ochko bilan uchinchi (dunyoda o'n birinchi) o'rinni egallab turibdi.
O'zbekiston ayollar termasi yuqoridagi terma jamoalardan tashqari Janubiy Koreya (1880), Xitoy (1876), Tailand (1677), Vetnam (1638) va Xitoy Taypeidan (1560) keyin Osiyoda 9-pog'onani egallab turibdi.
Jahon reytingida AQSH ayollar termasi (2114) hamon peshqadamlik qilmoqda. Germaniya (2060) ikkinchi, Angliya (2034) uchinchi o'rinda bormoqda.




