O'zbekiston ayollar terma jamoasi Fransiyaga yetib bordi

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyul 2024, 12:17
O'zbekiston ayollar terma jamoasi francuzlarga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekistonliklar FIFA reytingida 2-o'rinni egallab turgan, 2024 yilgi Olimpiada o'yinlariga mezbonlik qilayotgan Fransiya terma jamoasiga qarshi o'rtolik o'yini uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar bergandik. Shuningdek, ushbu safar uchun vakillarimizning barcha xarajatlarini Fransiya futbol federatsiyasi o'z bo'yniga olgani haqida "Eshitdik-da" rukni orqali ma'lum qilgandik. 

Toshkent vaqti bilan bugunga o'tar kechasi O'zbekiston ayollar terma jamoasi delegaciyasi Fransiya poytaxtiga yetib borgan.

Eslatib o'tamiz, ertaga, 5 iyul kuni terma jamoamiz Parijda Fransiya terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Qayd etish lozim, hamon bosh murabbiysiz bo'lib turgan ayollar terma jamoamizga ushbu safarda O'zbekiston U-18 ayollar terma jamoasi ustozi Vladimir Panov boshchilik qilmoqda.   


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ufa.uz