Ozarbayjonda ertaga tarixiy o'yin bo'ladi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2017, 23:05
Ertaga Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida "Qorabog'" va "Roma" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Ushbu bahs Ozarbayjonda o'tadigan Yevropa chempionlar ligasining asosiy bosqichi doirasidagi ilk o'yin bo'ladi. Shu kunga qadar ushbu mamlakatda faqat saralash bahslari bo'lib o'tgan.

Uchrashuv Bokudagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com