

Bahsda hamyurtlarimiz o'ynaydigan "Sumqayit" yirik g'alabaga erishdi. Bahsda Jasur Jaloliddinov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 9-daqiqada sariq kartochka olib, 67-daqiqada joyini Roi Kexatga bo'shatib berdi. Jasur gollarning ikkitasiga assist qayd etdi. Yana bir hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov esa 67-daqiqada Silvanus Nimeli o'rniga o'yinga qo'shildi va 79-daqiqada Ronaldo Vaskesning goliga assist vazifasini bajardi.
Hozircha chempionat to'laqonli yakunlangani yo'q. Jadval bilan tanishib quyida olishingiz mumkin.



