Ozarbayjonga boradigan futbolchilar ro'yxati ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
17 avg 2014, 19:53
20 avgust kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Mirjalol Qosimov ushbu o'yindan oldingia yig'inga 23 nafar futbolchini chaqirgandi. Ularning 20 nafari Boku shahriga uchib ketishi oldindan ma'lum qilingandi. Uchta futbolchini aniqlashga muvaffaq bo'ldik. Bular: Abdumavlon Abdujalilov, Azamat Isroilov va Diyor Turopov.

Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 20 avgust kuni Bokudagi Bakcell Arena stadionida bo'lib o'tadi. Tomonlar kelishuvga ko'ra bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.




Ozarbayjonga uchib ketadigan futbolchilar ro'yxati
 
#FutbolchiT.S.Klub
Darvozabonlar
1Eldorbek Suyunov12.04.1991Nasaf
2Nikita Ribkin20.01.1992Paxtakor
Himoyachilar
3Egor Krimec27.01.1992Paxtakor
4Bobur Yo'ldoshev04.04.1993Lokomotiv
5Davron Hoshimov24.11.1992Paxtakor
6Salim Mustafoev07.03.1991Lokomotiv
7Islom To'xtaxo'jaev30.05.1989Lokomotiv
8Sherzod Fayziev06.02.1992Mashal
Yarim himoyachilar
9Azim Ahmedov04.01.1992Navbaxor
10Dilshod Jo'raev21.04.1992Bunyodkor
11Fozil Musaev02.01.1989Lokomotiv
12Jamshid Iskanderov16.10.1993Paxtakor
13Vladimir Kozak12.06.1993Paxtakor
14Pavel Smolyachenko01.02.1991Neftchi
15Sardor Rashidov14.06.1991Bunyodkor
16Farrux Sayfiev17.01.1991Nasaf
Hujumchilar
17Shahzod Nurmatov18.09.1991Metallurg
18Ivan Nagaev03.07.1989Lokomotiv
19Navruz Alimov21.03.1992Qizilqum
20Igor Sergeev30.04.1993Paxtakor


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia