Oybek Nurboev keyingi mavsumni qaysi jamoada boshlaydi?

Narzulla Saydullayev
23 dek 2017, 14:09
Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Oybek Nurboev o'tgan mavsumning ikkinchi davrasini Quvasoyning "Cementchi" jamoasida o'tkazib, jamoa bilan birgalikda Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Futbolchi bilan bog'langanimizda u yangi mavsumni ham "Cementchi"da boshlash niyatida ekanini ma'lum qildi. Ayni damda tatilda bo'lgan Oybek yangi yildan so'ng yana klub ixtiyoriga borib qo'shiladi va shundan so'ng shartnoma imzolaydi.

Oybek Nurboev 2007-2009 yillar davomida Nukusning "Jayhun" (hozirgi "Orol") jamoasida to'p surdi. 2010 yilda u Sarkisyan taklifiga binoan Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga borib qo'shildi va 3,5 mavsum davomida jamoaning o'ng qanot himoyasida harakat qildi. 2013 yilning ikkinchi davrasida Samarqandning "Dinamo" jamoasiga o'tib ketdi.

Shundan so'ng himoyachi 2014 yili "Buxoro"da to'p surib, 2015 yilda yana "Neftchi"ga qaytdi. O'sha yilning ikkinchi davrasi va kelasi mavsumning birinchi davrasini "Qo'qon-1912"da o'tkazdi. 2016 yilning ikkinchi davrasida "Olmaliq"da to'p surdi. 2017 yilda esa u Birinchi ligaga qaytdi. Birinchi davrani "Xorazm"da o'tkazib, ikkinchi davrada "Cementchi" safiga qo'shildi.

Oxirgi to'rt mavsumdan buyon markaziy himoyada harakat qilayotgan futbolchining keyingi faoliyati haqida saytimiz orqali batafsil ma'lumot berib o'tamiz.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia