

Ayni damda u "Ayaks"da xuddi shu ishni bajarmoqda, ammo mavsum oxirida Overmars amsterdamliklar safini tark etadi. Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar" 44 yoshli gollandiyalik bilan barchasini kelishib qo'yishgan.
Mark Overmars "Arsenal"da Vengerning o'ng qo'liga aylanadi, biroq transferlar borasidagi yakuniy qarorni avvalgidek fransiyalik mutaxassis qabul qiladi.
Mark 1997-2000 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilgan. Bu vaqt ichida u chempionat, Kubok va Angliya Superkubogida g'olib bo'ldi.



