Overmars “Ayaks”dagi ayol xodimlarga shilqimlik qilgani uchun klubni tark etdi

Eldor Akmurzayev
7 fev 2022, 08:55
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Mark Overmars “Ayaks” sport direktori lavozimidan bo'shatildi.

U klubdagi ayol xodimlarga shilqimlik qilib, nojo'ya xabarlar jo'natgan.

Funkcioner 2012 yildan beri amstyerdamliklar klubi strukturasida faoliyat olib borayotgandi. Biroz muddat oldin esa Overmars sport direktori lavozimidagi shartnomasini 2026 yil yozigacha uzaytirdi.

48 yoshli sobiq xavbek qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, barchadan uzr so'radi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ajax.nl