Ouen - Pogba haqida: "U Zidan, Giggz, Jerard darajasida"

Mirjalol Normatov
24 dek 2019
"Manchester Yunayted"ning sobiq forvardi Maykl Ouen yarim himoyachi Pol Pogbaning o'yinlari haqida fikr bildirdi.

"U o'zgacha darajada. Pol Skoulz, Rayan Giggz, Stven Jerard, Zinedin Zidan kabi o'yin ko'rsatmoqda.

Siz nimanidir o'ylagan bo'lsangiz, ular maydonda sizdan oldinroq bu qarorga kelgan bo'lishardi. Shu boisdan ushbu futbolchilar maydonda boshqalardan ko'ra ajralib turishadi.

Pogba ham shunday. U hech kim ko'rmaydigan narsalarni ko'ra oladi", - dedi Ouen.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Optus Sport