

O'tgan mavsum YCHL finaliga qadar yetib borgan parijliklar 126,8 mln evro ishlab oldi. Turnir g'olibi bo'lgan "Bavariya" esa 125,5 mln evro foyda ko'rdi. Uchinchi o'rinda esa 100,3 mln evro ishlab olgan "Barselona" qayd etildi. Kuchli beshlikka "Manchester Siti" (94,7 mln evro) va "Atletiko" (91,5 mln) kabi klublar ham kirdi.
Yevropa ligasi g'olibi bo'lgan "Sevilya" esa 34,6 mln evro daromad qildi. Umuman olganda o'tgan mavsum Yevropa ligasi uchun 478 mln evro sovrin jamg'armasi qo'yilgandi. YCHLga esa 1,6 mlrd evro.



