Otabek Shukurov: "Yoshlar jamoacidagi eng ustun jihat bu ahillik bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2015, 10:47
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyadan qaytib keldi. Futbolchilarimiz saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jahon chempionatida juda ham yuqori darajada o'tdi. Barcha tashkilotchilarga, O'FFga minnatdorchilik bildiramiz. Oldimizga qo'yilgan vazifani to'la bajara olmagan bo'lsak ham kuchli sakkiztalikka kirganimizdan juda ham mamnunmiz. O'tgan safar o'smirlarda ishtirok etganda nimchorak finaldan qaytgan edik. Bu safar yaxshiroq natija qayd etdik. Shunga qaramay to'rttalikka bora olmaganimizdan qaysidir ma`noda xafa bo'ldik"

"O'zimni o'yinimdan ko'nglim to'lmadi. Yarim finalda chiqishimiz uchun nimadir yetishmadi deya olmayman. Bizni aynan mana shu jamoa ahillik borasida eng ustun jihatini ko'rsatdi. Yoshlar termasining har bir a'zosi qadrdonimiz, do'stimiz, aka-ukamiz bo'lib qoldi. Bunday jamoada o'ynash har bir futbolchining orzusi desam xato bo'lmaydi", - deydi Otabek Shukurov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia