Bortida Otabek Shukurov bo'lgan samolyotni chaqmoq urdi

Alisher
12 may 2024, 15:37
Bortida Turkiyaning "Kayserispor" klubi futbolchilari bo'lgan samolyotga chaqmoq tushdi.

Jamoa Turkiya Superligasi 36-tur doirasidagi "Fenerbaxche"ga qarshi o'yin uchun Istanbulga uchayotgandi.

Shundan so'ng reys bekor qilindi. Pilotlar ortga qaytgan holda aeroportga favqulodda qo'nishni amalga oshirishdi.

Yo'lovchilar orasida jabrlanganlar yo'q. Jamoa Istanbulga boshqa reys bilan uchib ketdi.

Eslatib o'tamiz, "Fenerbaxche" - "Kayserispor" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fanatik