
Mazkur bellashuvlarda “Mashal” futbol maktabining ikki nafar tarbiyalanuvchisi ham ishtirok etdi. Bular - yarim himoyachi Otabek Shukurov bilan hujumchi Shohjahon Abbosov. Saytlarda chiqqan xabarlarga ko'ra, Otabek Shukurov hech bir uchrashuvda maydonga tushmagan bo'lib chiqqan. Yani, u zaxiradan joy olganlar qatorida ham ko'rsatilmagan.
Lekin futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda dastlabki ikki uchrashuvda (Kot-D‘Ivuar va Meksika bilan kechgan bahslarda) ikkinchi taym boshida maydonga tushib, 45 daqiqa to'p surganini ma'lum qildi. Shuningdek, Argentina o'smirlariga qarshi uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qilganini aytdi. Bundan ko'rinib turibdiki, futbolchini hozirgi kunda jarohat bezovta qilayotgani yo'q va u jahon chempionatiga tayyor.