Otabek Shukurov jamoasi safarda "Al Ayn"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2018, 12:26
BAA pro-ligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Otabek Shukurov o'ynayotgan "Sharja" klubi safarda "Al Ayn" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Shukurov o'yinda doimgidek to'liq harakat qildi. "Sharja" 8ta o'yinda 20 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda. "Al Ayn" ayni paytda 16 ochko bilan ikkinchi o'rinda.
 

"Al Ayn" - "Sharja" 1:2
Gollar: 
Markus Berg 67 - Velliton 25, Koronado 61 penalti

BAA chempionati. Musobaqa jadvali

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia