

Avvalroq Ekaterinburg klubi rasmiy sayti futbolchi bilan shartnoma bekor qilinganligi haqida xabar qilgandi.
"RB Sport" xabariga ko'ra, O'runov va "Ural" bosh murabbiyi Viktor Goncharenko o'rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan. Rossiya Kubogi doirasida "Sochi"ga qarshi o'yin oldidan Oston asosiy tarkibda tushishi lozim bo'lgan. Ammo o'yin kuni murabbiy futbolchini zaxirada qoldirishga qaror qilgan. Ikkinchi taymda murabbiy Goncharenko unga maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rishi lozimligini aytganida, futbolchi bunga rad javobini beradi. Yakunda bu O'runov va "Ural" o'rtasidagi shartnoma bekor qilinishiga olib keldi.



