Oston O'runov - "Ufa"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi!

Alisher
28 mar 2020, 15:53
Hamyurtimiz Rossiyadagi ilk o'yinlaridanoq muxlislarning mehrini qozonib ulgurdi.

"Joriy mavsumda ilk bor Bingo Boom talqiniga ko'ra "Ufa" muxlislari Oston O'runovni mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.

Futbolchini tabriklaymiz va umid qilamizki, mavsum davom etishi bilan yosh yarim himoyachi barqaror o'yinlari bilan muxlislarni quvontirishda davom etadi", - deyiladi boshqirdistonliklar xabarida.

O'runov so'rovnomada 41% ovoz to'pladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/ufafc