Oston O'runov jamoasida moliyaviy muammolar mavjud, "Ufa"da safarga borish uchun mablag' yo'q

Omonjon To`xtamirzayev
2 sen 2021, 15:28
"Ufa" futbol klubida moliyaviy tomondan muammolar yuzaga kelgan.

Klub futbolchilar maoshini kechiktirishga majbur bo'lishi mumkin, deb xabar bermoqda "Biznes Online". "Ufa"da avval bunday holat kuzatilmagandi.

Hozirda klubda avgust oyi maoshlarini berish uchun mablag' bor, biroq hisob-kitob qilingan taqdirda, "Ufa"da hattoki 12 sentyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan RPL 7-tur uchrashuvi uchun Sochi safariga pul qolmaydi.

"Vaziyat chindan mushkul. Hozircha maoshlar kechiktirilishi kuzatilmayapti, ammo har qanday holatga tayyor turish lozim", – deydi "Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov.

Eslatib o'tamiz, klub safida hamyurtimiz Oston O'runov ham to'p tepadi. 

Hozirda "Ufa" 6-turdan so'ng 5 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru