O'smirlar o'rtasidagi OCH saralash o'yinlari boshlanish vaqtlariga o'zgartirish kiritildi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2017, 10:54
Avval xabar berilganidek, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida 16 sentyabr kuni U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlariga start berildi.

Dastlabki rejaga ko'ra, o'yin kunining ilk bellashuvlari mahalliy vaqt bilan 17:15 (Toshkent vaqti bilan 19:15)da boshlanishi rejalashtirilgandi. Biroq OFK va Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi kelishgan holda o'yinlarni 16:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00)ga ko'chirdi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi saralash bosqichidagi ishtirokini bugun boshlaydi. Quyida yangilangan taqvim bilan tanishish mumkin.

18 sentyabr, dushanba

18:00  Bahrayn – O'ZBEKISTON
22:15  Shri-Lanka – Iordaniya

20 sentyabr, chorshanba

18:00  O'ZBEKISTON – Shri-Lanka
22:15  Saudiya Arabistoni – Bahrayn

22 sentyabr, juma


18:00  Iordaniya – O'ZBEKISTON
22:15  Saudiya Arabistoni – Shri-Lanka

24 sentyabr, yakshanba

18:00  Bahrayn – Iordaniya
22:15 O'ZBEKISTON – Saudiya Arabistoni

Eslatma: O'yin soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com