Oskar faoliyatini yakunlashi mumkin

Mirjalol Normatov
14 noya 2025
"Chelsi" sobiq futbolchisi Oskar sog'lig'i bilan bog'liq muammolari sababli faoliyatini yakunlashi mumkin.

"San-Paulu"ning mavsumoldi yig'ini oldidan o'tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan keyin Oskarning yuragida anomal reakciyalar kuzatilgan. Shundan keyin u biroz hushini yo'qotgan. 34 yoshli futbolchi shifokorlar nazoratiga olingan.

Ushbu holat futbolchining oila a'zolarini tashvishga solgan va ular Oskarning yashil maydonga qaytishini istashmayapti.

Oskarda moliyaviy muammolar yo'q. Undan tashqari, futbolchi shahsiy hayotini ham o'ylamoqda: u rafiqasidan uchinchi farzandini kutmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal