Saudiya Arabistonining eng nomdor jamoalaridan biri “Al Ittihod” o'z safini braziliyalik yarim himoyachi Markuino bilan to'ldirib oldi. Yakuniga etgan evromavsumni “Roma” tarkibida o'tkazgan Markuino ijara asosida bir yillik muddatga Saudiya klubiga kelib qo'shildi.
28 yoshli chap qanot yarim himoyachisi 2012 yil “Roma” safiga o'tgandi. Bu orada u “Verona” tarkibida ham ijara asosida to'p tepishga ulgurdi. Futbolchi veronaliklar safida 15ta o'yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi. Endilikda u faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, “Al Ittihod” OCHL chorak finalidan o'rin olgan dastlabki bellashuvni 19 avgust kuni safarda BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi o'tkazadi. Javob uchrashuvi 26 avgustda Jidda shahrida bo'lib o'tadi.