Osiyo o'yinlari. O'zbekistonlik hakam Anna Cidorova Xitoy - Tailand uchrashuvini boshqaradi

Tolibjon Qosimov
24 avg 2018, 13:19
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o'yinlarining futbol musobaqalarida o'zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib borayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Shu kungacha Xitoy - Gonkong ayollar terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqargan hamyurtimiz Anna Sidorovaga yana bir o'yin ishonib topshirildi. U  25 avgust kuni Xitoy - Tailand uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotda yana bir o'zbekistonlik hakam Zilola Rahmatova yordam beradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz