

Ko'plab terma jamoalar ushbu musobaqaga maksimal darajada eng kuchli futbolchilari bilan kelishga harakat qilishdi.
Transfermarket nashri Osiyo kubogida ishtirok etuvchi eng qimmat futbolchilar reytingini tuzdi.
Reytingning birinchi o'rnidan Olimpiya terma jamoamiz a'zosi Abbosbek Fayzullaev 1-o'rindan joy olgan. Uning hozirgi transfer narxi 5 million evro etib belgilangan. Undan keyingi o'rinda Koreya Respublikasi a'zosi Yan Xyon Djun joy olgan. Uning transfer narxi 2 million evroga baholanmoqda. Kuchli uchlikni Yaponiya termasi a'zosi Mao Xosoya yakunlab bergan. Uning narxi 1,6 million evroga baholanmoqda.
Agarda O'FA va Lans kelishuvga erishsa, Abduqodir Husanov ham eng qimmat futbolchilar qatoridan joy oladi. Uning transfer narxi hozirda 2 million evroga baholanmoqda.



