Osiyo kubogi U-17. O'zbekiston Vetnamni mag'lub etib, guruhda 2-o'rinni egalladi. Keyingi raqib kim?

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyun 2023
Tailandda davom etayotgan U-17 Osiyo kubogining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston U17 hamda Vetnam U17 o'rtasidagi bahs yakunlandi.


Vetnam U-17 - O'zbekiston U-17 0:1

Gol: Shodiyor Shodiboev 25.

O'zbekiston U-17: 21. M. Sobirov, 5. A. Tulkunboev, 6. O. O'ktamov, 7. L. Mirzaev, 8. B. Shukurullaev, 13. B. Jumatov, 14. SH. Shodiboev, 16. M. Reimov, 17. O. Karimov, 19. SH. Abdulboriev, 23. D. Abdullaev.
Zaxira: No'monov, To'laboev, Otaxonov, Olimov, Ikromov, Yakubov, Saidov, O'rmonjonov, Turg'unboev, Akopov, Abraev.


Shunday qilib, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichida Yaponiyadan so'ng 2-o'rinni egalladi. O'zbekiston U17 terma jamoasi chorak finalda "C" guruhi g'olibi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bahs 26 iyun kuni bo'lib o'tadi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia