Xususan shu paytgacha 20ta uchrashuv bo'lib o'tgan bo'lsa, hozircha birortasida durang qayd etilmadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, bunaqasi jahon va Yevropa chempionati, Kopa Amerika, Afrika millatlar kubogi kabi musobaqalarda hali uchramagan ekan. Faqatgina 1930 yilgi jahon chempionatidagina ketma-ket 18 o'yinda durang qayd etilmagandi.
Kechagi bahslarda O'zbekiston terma jamoasining Saudiya Arabistonini 3:1 hamda Xitoyning KXDRni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishi durang qayd etilmagan ketma-ket uchrashuvlar sonini 20taga etkazdi. Bundan tashqari, BAA vakili Ali Mabxutning 14-soniyadayoq Bahrayn darvozasiga to'p kiritishi Osiyo chempionatlari tarixidagi eng tezkor golga aylandi. Qolaversa, yaponiyalik Yasuxito Endi terma jamoadagi 150-o'yinini mana shu turnirda Falastinga qarshi o'tkazdi.