Osiyo Kubogi-2027ning mezboni qachon e'lon qilinishi ma'lum. Da'vogarlar orasida O'zbekiston ham bor

Alisher
29 avg 2020, 14:25
OFK 2027 yildagi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun da'vogar davlatlarning arizalarini qabul qildi.

Nomzodlar: Butun Hindiston futbol federatsiyasi (BHFF), Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasi (EIRFF), Qatar futbol assotsiatsiyasi (QFA), Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O'FA). Ular talab qilingan qonuniy xulosalar, mezbonlik va homiylik majrubiyatlarini taqdim etishgan.

Endi esa jarayonning keyingi bosqichi uchun navbatdagi talab qilingan hujjatlar 2020 yilning 30 oktyabriga qadar taqdim etilishi kerak.

19-Osiyo Kubogining mezboni, aniqrog'i Osiyo Kubogi-2027ni qabul qiladigan mamlakat nomi kelasi yilda e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia