Osiyo kubogi-2023. Bugun terma jamoamiz Osiyo kubogidagi raqiblari nomini bilib oladi

Alisher
11 may 2023, 07:21
Bugun, 11 may kuni Qatarda bo'lajak Osiyo kubogi final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

"Katara Opera House"da o'tkaziladigan tadbirda O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirok etadi.

2008 va 2011 yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan o'zbekistonlik Server Jeparov esa qur'a tashlash jarayonida bevosita ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, qur'a jarayonida terma jamoalar ayni paytdagi FIFA reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi.

Osiyo kubogi-2023 qur'asi uchun savatchalar quyidagicha bo'ladi:


1-savatcha
Qatar (musobaqa mezboni), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni

2-savatcha
Iroq, BAA, Ummon, O'ZBEKISTON, Xitoy, Iordaniya

3-savatcha
Bahrayn, Suriya, Falastin, Vetnam, Qirg'iziston, Livan

4-savatcha
Hindiston, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Gonkong, Indoneziya


Osiyo kubogi final bosqichi 2024 yil 12 yanvardan 10 fevralga qadar Qatarda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia