Osiyo Kubogi-2019ga qur'a tashlash marosimi 4 may kuni Dubayda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2018, 16:49
Kelgusi yil 5 yanvar - 1 fevral kunlari BAA mamlakatida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Qita chempionatida ilk bor 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Ushbu Osiyo Kubogiga 4 may kuni qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Dubay shahridagi "Armani Hotel" mehmonxonasida 24ta jamoa guruhlarga ajratiladi.

Terma jamoalar o'sha paytdagi FIFA reytingi bo'yicha 4ta savatchaga bo'linadi. Mezbon BAA FIFA reytingidagi o'rnidan qati nazar 1-savatchada bo'ladi.

Hozirga qadar Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan 21ta jamoaninng nomi ma'lum: BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Hindiston, Livan, Iordaniya, Vetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Turkmaniston, Qirg'iziston.

Qolgan 3ta jamoa nomi 27 mart kuni bo'lib o'tadigan saralash o'yinlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia