

Bu yil OFK jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar soni bo'yicha rekord o'rnatadi. Chunki qitamizdan 15 nafar hakamlar brigadasi mundialga jalb qilingan. OFK veb-sayti qanot hakamlari borasida qisqacha ma'lumot berdi.
Xususan maqolada hamyurtimiz Abdulhamid Rasulov haqida shunday deyiladi: "Rasulov hakamlik faoliyatini 2011 yildan boshlagan va 2006 yilga kelib FIFA referisiga aylandi. U 2011 va 2012 yillarda eng yaxshi qanot hakami deb topilgan. Abdulhamid Rasulov mana bir necha yildirki turli musobaqalarda Ravshan Ermatovga yordam berib kelyapti. U katta tajribaga ega".
A.Rasulov: "Men uchun hozircha eng ko'p esda qolgan voqea bu 2014 yil Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatidir. Bu onlarni unutib bo'lmaydi. Rossiyadagi mundialda ham muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz".
JCH-2018 yana bir qanot hakamimiz Jahongir Saidov uchun dastlabki mundial bo'ladi. Saidov hakamlik faoliyatini 2002 yilda boshlagan va 2010 yildan beri FIFA referisi hisoblanadi. U bungacha JCH saralash o'yinlari, OCHL bahslari, Osiyo Kubogi va boshqa bir qator musobaqalarda ishlagan.
J.Saidov: "Men uchun eng esda qolarli turnir 2017 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib turibdi. Shuningdek, OCHL final o'yinlari hamda 2015 yil Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo Kubogi ham alohida ahamiyat kasb etadi".



