Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
21 apr 2020, 15:57
Qitamiz futboliga oid bazi qiziq ma'lumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: Vetnam terma jamoasining laqabi nima?

 

Javob: Vetnam terma jamoasining laqabi "Oltin yulduzlar". Chunki ushbu mamlakat bayrog'ida oltin rangdagi yulduz surati bor. 


Savol: Bu qaysi stadion?

 

Javob: Bu Xitoydagi "Tianxe" stadioni bo'lib, 1987 yil ochilgan. 58,500 muxlisni o'z bag'riga sig'diradi. 2013 va 2015 yilgi OCHL finallari mana shu stadionda o'tkazilgan. 


Savol: Quvaytning "Al Qodisiya" klubi OFK Kubogi-2014 finalida qaysi jamoani mag'lub etgan?

Javob: Iroqning "Arbil" klubini. "Al Qodisiya" 2010 va 2013 yillarda ham final o'ynab, biroq g'alaba qozona olmagan. Nihoyat bu jamoa 2014 yilgi mavsumda "Arbil" ustidan penaltilar seriyasida zafar quchib ilk bor kubokni qo'lga kiritgan.


Savol: Muhammad Nur necha marta OCHL finalida o'ynagan?

Javob: Uch marta. Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi sobiq futbolchisi 2004, 2005 va 2009 yilgi OCHL finallarida maydonga tushgan. U hatto dastlabki ikki finalda ketma-ket gol urgan futbolchi hisoblanadi. 


Savol: Eronlik Alirizo Jahonbaxsh APLdagi ilk golini qaysi jamoaga urgan?

Javob: Alirizo "Brayton" sharafini himoya qilayotganini ko'pchilik yaxshi biladi. U APLdagi ilk golini o'tgan yil oxirida "Bornmut" darvozasiga kiritdi. 


Savol: OCHL finalida ishtirok etgan Avstraliyaning ilk jamoasi qaysi?

Javob: "Adelaida Yunayted". Bu klub 2008 yil OCHL finaliga qadar yetib borib, yakunda Yaponiyaning "Gamba Osaka" jamoasiga 0:5 hisobida yutqazgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia