Osiyo futboli. Dubayda La Liga akademiyasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Xayrulla Xoliqov
5 avg 2020, 19:25
BAAning eng ko'rkam shaharlaridan biri Dubayda La Liga akademiyasi faoliyat olib bormoqda.

Dubai Sports City stadionida joylashgan La Liga akademiyasining yangi mavsumi uchun yosh bolalar va qizlarni tanlov asosida qabul qilish boshlandi. O'tgan uch yil davomida mazkur akademiya ancha yaxshi faoliyat yuritib kelmoqda hamda o'tgan vaqt oralig'ida 2000 nafardan ziyod bolalar va qizlar tahsil olishdi. 

Ushbu maskanda mashg'ulotlar to'liq Ispaniya La Ligasi tuzib bergan dastur bo'yicha olib boriladi. Ma'lumki, Ispaniya futboli jahonda yetakchi o'rinlarda turadi, shu bois BAAda ham ispan metodidan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, bu yerda UEFA licenziyasiga ega murabbiylar ishlab kelmoqda.

 

La Liga akademiyasida 4 yoshdan 17 yoshgacha boalar va qizlar shug'ullanishi mumkin. Mashg'ulotlarga mas'uliyat bilan yondashgan o'quvchilarga keyinchalik oliy o'quv yurtlariga kirishda akademiya jonbozlik ko'rsatadi. Bu yerda yosh futbolchilarga futbol texnikasi va taktikasi chuqur o'rgatiladi, shuningdek jismoniy chiniqish bo'yicha ham alohida mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan. Har yili Ispaniyadan mashhur yulduzlar tashrif buyurib bolajonlarga master-klass o'tishadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: arabnews.com